Turkiya Oliy saylov komissiyasi (OSK) mamlakatda o‘tkazilish rejalashtirilgan umumiy saylovlarni olti oydan bir yilgacha muddatga kechiktirish tashabbusi bilan chiqdi. Bu haqda “Habertürk” manbalariga tayanib yozgan.
Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an prezident hamda parlament saylovi 14 mayga belgilanganini e’lon qilgan.
Turkiya rahbari hukumat parlamentga ushbu sanani qabul qilish bo‘yicha taklif berishini, taklif rad etilgan taqdirda Prezident o‘z vakolatidan foydalanishini aytdi. Bu amaliyot farmondan 60 kun o‘tgach, parlamentni tarqatib yuborish va muddatidan oldin saylov o‘tkazish uchun yetarli. Erdog‘an – Respublika Ittifoqidan da’vogar. Olti muxolifat partiya koalitsiyasi hali nomzod e’lon qilgani yo‘q. Avvalroq sobiq spiker va Bosh vazir o‘rinbosari Bulent Arinch saylovni keyinga qoldirishga chaqirgandi. Uning fikricha, “mamlakat saylov oldi “bosimi”dan xalos bo‘lishi kerak”.
maqolada, jumladan, shunday deyiladi:
– Hukmron qanot saylovni kechiktirish masalasini OSK muhokamasiga qo‘yadi.
Avval saylov bo‘yicha qaror qabul qilinadi. Keyin OSK zilzila tufayli to‘rt viloyatda to‘liq, olti hududda qisman saylovni o‘tkazish, amalda, imkonsiz ekanini ma’lum qiladi va yirik tadbirni keyinga qoldirishni so‘raydi. Shu tariqa saylov kamida olti oyga, ehtimol bir yilga qoldiriladi.