FOTOREPORTAJ

Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida birato‘la 2 ta turnir bo‘lib o‘tmoqda. Biri «Scheveningen Team Tournament» I – Xalqaro shaxmat festivali, ikkinchisi esa ayollar va erkaklar o‘rtasida (1-liga) mamlakat chempionati.

Festivalda O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari Rossiya, Litva va Belarus jamoalaridan iborat bo‘lgan komanda bilan kuch sinashmoqda.

Mamlakat chempionati bahslarida 100 nafarga yaqin shaxmatchi g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda.

Har ikkala turnir ham 20 fevralga qadar davom etadi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA