FOTOREPORTAJ

Nukus shahrida sportning milliy kurash turi bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida respublika chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘istonning barcha tumanlaridan, shuningdek, oliy va o‘rta ta’lim dargohlaridan kelgan jami 130 nafardan ortiq polvon gilamga tushdi.

Qizg‘in va qiziqarli o‘tgan musobaqa yakuniga ko‘ra, o‘z vazn toifasida erkaklar o‘rtasida Nukus davlat pedagogika instituti talabasi Bobur Saidov, Nukus olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejidan Sardor Og‘aboyev, Qoraqalpoq davlat universiteti vakillari Mag‘jan Nurishov, Miratdin Asanov, Nukus shahridan Sanjar Sherimbetov, Amudaryo tumanidan Samir Nazirboyev va Nukus tumanidan Zahiriddin Zoitov g‘olib bo‘ldi.

Ayollar o‘rtasida esa nukuslik Go‘zal Maslenova, Ozoda Medetboyeva, Asal Jalg‘asboyeva, Xo‘jayli tumanidan Umida Jumaniyozova, Nukus shahridan To‘maris Habibova, Nukus olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejidan Dinara O‘rinboyeva, Mo‘ynoq tumanidan Sabrina Uzoqboyeva kuch va mahoratda tengsiz deb topildi.

G‘olib va sovrindorlar joriy yilning 23-25 fevral kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladigan mamlakat chempionatida Qoraqalpog‘iston sharafini himoya qiladi.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA