Tennis bo‘yicha “Devis kubogi”ning 2024 yilgi mavsumi uchun qur’a tashlandi.

Mamlakatimiz raketka ustalari birinchi jahon guruhidagi mavsumning ilk uchrashuvini Belgiya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Bu haqda O‘zbekiston tennis federatsiyasi xabar berdi.

Yevropaning eng tajribali jamoasiga qarshi ushbu uchrashuv joriy yil 15-17 sentyabr kunlari Belgiyada bo‘lib o‘tadi.

 

O‘zA