Olimlar qadimda yo‘q bo‘lib ketgan jonivorlarni tiriltirmoqchi

Ro‘yxat bo‘yicha tirilish uchun faqat uchta jonivor da’vogar bo‘lishi mumkin. Ular orasida bitta ucholmaydigan qush ham bor. Olimlarning ta’kidlashicha, yuqori ehtimol bilan kelajakda insoniyat yana Yer bo‘ylab sayr qilayotgan dodolarni ko‘rishi mumkin. Biotexnologiya va genetik muhandislik bilan shug‘ullanayotgan olim Colossal Biosciyencyes ushbu qiziqarli g‘oyani hayotga tatbiq etishni rejalashtirmoqda.

Dodo birinchi marta Mavrikiy orolida topilgan. Keyinchalik uchmaydigan qushlarning bu turi yo‘q bo‘lib ketgan, deb e’lon qilindi. Bunga ikkita sabab bor: ming yillik qurg‘oqchilik va inson faoliyati.

“Mavrikiyalik dodo yo‘qolib ketgan turning eng yaxshi namunasidir, chunki biz odamlar ularning tabiiy yashash joylarida omon qolishlarini imkonsiz qildik”, dedi loyihaning yetakchi paleogenetiki Bet Shapiro New Atlas jurnaliga intervyu berganda. “Butun faoliyatimni qadimgi DNKdagi genetik yutuqlarga bag‘ishladim va dodo genomini to‘liq ketma-ketlikda o‘rgandik. Endi ularning oxir-oqibat tabiatga qaytarishda Colossal Biosciyencyes va Mavrikiy xalqi bilan hamkorlik qilish imkoniyatidan juda xursandman. Men, ayniqsa, qushlarni asrashga qaratilgan genetik qutqaruv vositalarining yanada rivojlanishini intiqlik bilan kutaman”, dedi u.

Dododan keyin yana kim tiriladi? E’lon qilingan ro‘yxatga ikkita yo‘q bo‘lib ketgan jonzot kiritilgan, ular: junli mamont va Tasmaniya yo‘lbarsi. Ikkinchisi tilatsin sifatida ham tanilgan.

Mamont jamoasi 40 dan ortiq olim va uchta laboratoriyani o‘z ichiga oladi. Ular allaqachon Afrika va Osiyo fillarining referent genomlarini ketma-ketlashtirishgan va ikkalasidan ham pluripotent ildiz hujayralarini olishgan. Shuningdek, olimlar tahrir qilinadigan mamontga xos genlar ro‘yxatini aniqladilar va ushbu genlarda 20 dan ortiq o‘zgarishlarni yaratishga qodir usullarni ishlab chiqdilar. Nihoyat, ular yo‘qolib borayotgan turlarni qo‘llab-quvvatlash uchun yangi embriologiya laboratoriyasini qurdilar.

“Tilatsin” jamoasiga esa 30 nafar olim kiritilgan. Ular qirilib ketgan marsupialning eng yaqin qarindoshi Dunnartdan pluripotent ildiz hujayralarini oldi va uning dastlabki hujayra chiziqlarini tahrirlash usullarini ishlab chiqdi. Eng ta’sirlisi, jamoa marsupiallarni tashish uchun mo‘ljallangan sun’iy bachadon prototipini ham yaratishga muvaffaq bo‘lishgan.

Ilon Maskning internet yo‘ldoshlari ob-havo prognozini olib borishga halaqit bermoqda

Starlink – minglab sun’iy yo‘ldoshlardan iborat tizim (hozirda jami 40 mingta sun’iy yo‘ldoshdan atigi 3715 tasi uchirilgan). Uning maqsadi Yer yuzini  sun’iy yo‘ldosh interneti  va aloqa bilan qamrab olishdir. Ma’lum bo‘lishicha, bu nafaqat foydali, balki zararli ham ekan. Meteorologlar ob-havo prognozlarining to‘g‘riligi shubha ostida qolishidan qo‘rqishmoqda. Bu yerda tanqid Starlink sun’iy yo‘ldoshlarining o‘ziga emas, balki Yer yuzasida joylashgan signal qabul qiluvchi terminallarga qaratilmoqda

Niderlandiya meteorologiya instituti vakili Ada Stoffelen so‘zlariga ko‘ra, terminallar meteorologik sun’iy yo‘ldoshlarni buzadi, bu esa sinoptiklarga noto‘g‘ri ma’lumotlar olishiga sabab bo‘ladi. Starlink tufayli meteorologlar okeanlardagi suv bug‘lari miqdori va Arktika muzliklarining erishi bo‘yicha noto‘g‘ri hisob-kitoblarni olgan holatlar allaqachon bo‘lgan. Barcha 40 000 sun’iy yo‘ldosh uchirilgandan so‘ng, muammo faqat yomonlashishi kutilmoqda.

Starlink tizimidan nafaqat meteorologlar norozi, balki astronomlar ham nolimoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, Starlink mutaxassislarga teleskoplar orqali uzoq ob’ektlarni kuzatishga to‘sqinlik qiladi. Ilon Maskning sun’iy yo‘ldoshlari juda yorqin porlaydi, shuning uchun ular suratlarda shovqin yaratadi. Qolaversa, Ilon Maskning sun’iy yo‘ldoshlari koinot agentliklarining ham shikoyatiga sabab bo‘lmoqda. Ularning fikricha, orbitadagi 40 ming sun’iy yo‘ldosh bir-biri bilan hamda Xalqaro kosmik stansiyasi bilan to‘qnashish xavfini tug‘diradi. Nihoyat yana bir norozilar guruhi atrof-muhit uchun kurashchilar bo‘lib chiqdi. Ular Starlinks ishlamay qolganda, orbitada chiqindilarga to‘lib ketishi yoki yerga tushishiga ishonishadi.

Fujitsu – dunyodagi eng yengil noutbuk: u atigi 689 gramm keladi

Shu bilan birga, uning xotirasi  juda kuchli bo‘ladi, deyilmoqda. Noutbuk 13 avlod Intel Core protsessorlari bilan ta’minlangan. Yangilik Fujitsu UH-X/H1 deb nomlanadi. Noutbukning asosiy afzalligi uning nozikligi va yengilligidir. Xususan, korpusning qalinligi 17,3 mm dan oshmaydi, og‘irligi esa 689 gramm.

Ishlab chiqarish jarayonida yengil, ammo bardoshli materiallar, jumladan, uglerod tolasi va magniy-litiy qotishmasi ishlatilgan. Aynan ular tufayli noutbuk yoqimli xususiyatlarni oldi. Avtonomiyasi ham  yomon emas. Ishlab chiqaruvchiga ko‘ra, qurilma 11 soat ishlaydi. Fujitsu UH-X/H1 xotirasi 6 GB OZU LPDDR5, 512 GB SSD PCIe 4.0.

Afsuski, qurilma hozircha faqat Yaponiya bozori uchun taqdim etilgan. Tez orada xorij bozorlariga ham chiqsa ajab emas.

Rolls-Royce Mars va Oy uchun yadroviy reaktorni taqdim etdi 

Kompaniya mazkur reaktor nima uchun kerakligini va undan qayerda foydalanish mumkinligiga izoh berdi.

Mualliflarning ta’kidlashicha, endi olis-olis fazoni o‘rganish unchalik uzoq kelajak emas. Hashamatli avtomobillar ishlab chiqaruvchi Rolls-Royc Buyuk Britaniya kosmik agentligi bilan hamkorlik qilishni boshladi, maqsad: Oy va Marsga uchish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan yadro reaktorini yaratishdir. Rolls-Royc muhandislari allaqachon bunday reaktorning birinchi prototipini ishlab chiqargan. U raketalar, sayyora stansiyalari va bazalar uchun asosiy energiya manbai sifatida ishlatilishi mumkin. Brend reaktor suratlari bilan ham bo‘lishdi. Ma’lumki, bu mitti atom elektr stansiyasi. Muhandislarning fikriga ko‘ra, uran zarralari (asosiy yadro yoqilg‘isi) hatto ekstremal sharoitlarda ham xavfsiz foydalanish uchun bir necha qatlamlarga o‘ralgan. Rolls-Royc yadroviy reaktorni “sayyora sirtini kosmik tadqiq qilishda foydalanish yoki kosmik kemani quvvatlantirish va harakatga keltirish uchun mo‘ljallangan mustaqil va energiyani ko‘p talab qiluvchi yechim” deb ta’riflaydi.

Nima uchun Rolls-Royc kosmosga ko‘tarilmoqchi, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Gap shundaki, koinot  tadqiqotlari har yili o‘sib borayotgan ulkan biznes va Rolls-Royc buni hammadan ko‘ra yaxshiroq anglashga harakat qilmoqda. Kompaniya muhandislari nafaqat qimmatbaho avtomobillar uchun dvigatellar, balki kosmik agentliklarga yetkazib berilishi mumkin bo‘lgan yanada murakkab texnologiyalarni ham yaratishi mumkin. Kompaniya nafaqat avtomobillari bilan mashhur. Masalan, u  yo‘lovchi samolyotlari uchun turbinalar yetkazib beruvchi dunyoning yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi

Kelajak qurilish materiali yaratildi, u rangini o‘zgartira oladi

Rang o‘zgarishi uning yagona afzalligi emas, albatta. Issiq kunlarda material binoni sovutishga yordam beradi, sovuq kunlarda esa ichkaridagi issiqlikni saqlaydi.

Ushbu yonmaydigan xameleon material Chikago universiteti qoshidagi Pritsker molekulyar muhandislik maktabi olimlari tomonidan yaratildi. Tashqi haroratga qarab, u o‘z xususiyatlarini, shu jumladan, rangi va issiqlik bilan o‘zaro ta’sir qilish qobiliyatini o‘zgartiradi. Undan binolar  qurilishida foydalanish mumkin, deb yozadi Texnologiyalar va muhandislik yangiliklari nashri.

Mo‘’jizaviy variantlar ikkita konformatsiyani olishi mumkin bo‘lgan maxsus qatlam orqali amalga oshiriladi. Ular issiqlikning katta qismini saqlaydigan qattiq mis  va infraqizil nurlanish manbai bo‘lib xizmat qiluvchi suvli eritma (bu binoni sovutishga yordam beradi) bo‘lib,  ikkalasi o‘rtasidagi siljish kichik miqdordagi elektr energiyasi bilan boshqarilishi mumkin. “Aslida biz binoga odam kabi munosabatda bo‘lishning kam energiya sarflaydigan usulini topdik: sovuq bo‘lganingizda yana bir qatlam qo‘shasiz, issiq bo‘lganingizda esa olib tashlaysiz”, – deydi tadqiqotga rahbarlik qilgan olim Po-Chun Xsu. “Bunday aqlli material bizga katta energiya sarfisiz bino ichidagi haroratni saqlashga imkon beradi.” Olimlar materialni amalda sinab ko‘rdilar va ikkita konformatsiya o‘rtasida almashish qobiliyati 1800 transformatsiya siklidan keyin ham samarali bo‘lib qolishini aniqladilar. Hozircha biz kichik 6 sm namunalar haqida gapirmoqdamiz, lekin kelajakda ular plitkalar kabi bir-biriga bog‘langan massiv varaqlarni yaratish niyatida.

Bitkoin 35 foizga qimmatlashdi, boshqa kriptovalyutalarning ham narxi oshmoqda

O‘tgan haftada kriptovalyuta kursi keskin o‘zgardi. Agar 2022 yil oktyabr oyida bitkoin narxi taxminan 17 ming  dollar bo‘lgan bo‘lsa, endi u 23 ming 300 dollar turadi. O‘sish boshqa “kriptovalyutalar”da ham kuzatilmoqda.

Masalan, 26 yanvar holatida Bitkoin 23 ming 151 dollarga, Eter 1 ming 619,70 dollarga, Kardano 0,38 dollarga, Dogecoin 0,087 dollarga,  Solana 24 ming 810 dollarga qimmatlashgan. Bitkoinning kapitallashuvi hozirda 447 milliard dollarni tashkil etmoqda. Uning narxi 3  oyda 35 foizga, oxirgi haftada 11,35 foizga, oxirgi kunda esa 2,4 foizga oshdi. Kardano va Solana taxminan 15 foizga qimmatlashgan, Dogecoin esa 8 foizga qimmatlashgan.

CoinMarketCap ma’lumotlariga ko‘ra, investorlarning kayfiyati yaxshilanmoqda va raqamli valyuta bozori barqarorlashmoqda. Bunga birinchidan, 2023 yil boshida kriptovalyutalarga oid hech qanday salbiy xabar bo‘lmagani. Ikkinchidan, FTX kripto birjasi 5 milliard dollarlik likvid aktivlarni muzlatib qo‘ygani. Uchinchi mumkin bo‘lgan sabab esa, Yahoo Finance ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil dekabr oyida Qo‘shma Shtatlarda inflyatsiya pasaygan, natijada bitkoin va boshqa valyutalarga talab oshgan.

Xitoyda dunyoda eng tez yuradigan vodorod poyezdi ishga tushirildi

Xitoy dunyodagi eng tez yuradigan vodorod poyezdini ishga tushirdi U soatiga 160  kilometr tezlikka erishadi va bir quvvatlanishda 600 kilometr masofani bosib o‘tadi. Poyezd Chengdu Rail Transit kompaniyasi ko‘magida yirik temir yo‘l transportlarini  ishlab chiqaruvchisi CRRC tomonidan yaratildi. Bu Xitoyning birinchi vodorod yo‘lovchi poyezdi bo‘ldi. Uning ichida maxsus yonilg‘i hujayralari va zaryadni to‘plash uchun kondensatorlar mavjud. Yangilikning asosiy xususiyatlaridan biri ekologik tozalikdan tashqari, avtonom haydash imkoniyatidir, deb yozmoqda Gizmochina nashri. Poyezdning o‘zi ishga tushishi, to‘xtashi va depoga qaytishi mumkin. Bunda unga ko‘plab sensorlar va 5G  aloqa texnologiyasi yordam beradi.

Harakat paytida u o‘zidan faqat bug‘ va kondensatsiyalangan suv qoldiradi. Poyezdga 1500 dan ziyod odam sig‘adi. Tezlik bo‘yicha Xitoy dunyodagi barcha boshqa analoglardan o‘zib ketmoqda. Masalan, hozirda bu sohada yetakchi deyilayotgan Germaniyadagi vodorod poyezdlari (14 ta poyezd mamlakat bo‘ylab harakatlanmoqda) odatda soatiga 20 km tezlikda harakatlanadi.

Qiziqarli fakt: Xitoy hozirda vodorodli transport vositalari uchun yoqilg‘i quyish shoxobchalarini joylashtirish bo‘yicha yetakchilik qilmoqda. Information Trends statistik ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 1000 dan ortiq vodorod stansiyalari mavjud bo‘lib, ularning uchdan bir qismi Xitoyda joylashgan.

Kelajak kosmodromlari namoyish qilindi

Kosmik sayohatlar davri yaqinlashmoqda. Uning rivojlanishi modernizatsiya qilingan kosmodromlarsiz amalga oshmaydi, albatta.

Kelajakdagi kosmodromlar, xuddi zamonaviy aeroportlar kabi, yirik shaharlar yaqinida yoki hatto bevosita ularning hududida joylashadi. Shu bilan ular kosmik kemalarni uchirish uchun hozirda izolyatsiya qilingan raketa maydonchalaridan farq qiladi, deb yozadi  The Sun nashri.

Ba’zi dizayn va arxitektura firmalari allaqachon bunday joylar haqidagi tasavvurlarini taqdim etishgan. Masalan, Noiz Architects kompaniyasi Yaponiyadagi kosmodrom qanday ko‘rinishda bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi. Uni Tokioda qurish taklif qilinmoqda. Gigant majmuada intellektual boshqaruv tizimiga ega bo‘lgan bir nechta uchastkalar, shuningdek, ko‘plab quyosh panellari va silindrsimon minoralar bo‘ladi, buning natijasida innovatsion kosmodrom uzoqdan ko‘rinib turadi.

Yana bir yechim Space Perspective tomonidan taklif etilmoqda. Kompaniya katta shar shaklida parvozlar uchun platformani namoyish etdi. Ushbu koptok, dizaynerlarning rejalariga ko‘ra, stratosferaga ko‘tarilishi va u yerda yo‘lovchilar bilan bir necha soat davomida osib qo‘yilishi mumkin.

Avvalroq tarmoqda insoniyat tarixidagi eng katta raketaning yangi suratlari paydo bo‘lgan edi. Gap SpaceX ning rivojlanishi haqida bormoqda, uning yordamida Oyga yoki hatto Marsga parvozlarni tashkil qilish mumkin bo‘ladi. SpaceX asoschisi Ilon Maskning o‘zi 2030 yillarda Qizil sayyoraga birinchi odamlar qadam qo‘yishini taxmin qilmoqda.

Yangi Zelandiyada 154 kilogrammli pingvin qoldiqlari topildi  

Grinvichlik (AQSH) olimlar Yangi Zelandiya sohilida sayyorada yashagan eng katta pingvinning toshga aylangan qoldiqlarini topdilar, ularning tadqiqoti Paleontologiya jurnalida chop etilgani aytilmoqda.

“Yangi Zelandiyada yaqinda topilgan qazilmalar pingvinlar jamoasida hayratlanarli xilma-xillikni ochib berdi. Eng katta namuna yangi turdagi Kumimanu fordycein. ekanligi aniqlandi. Bu yer yuzida yashagan eng katta pingvinlar vakili bo‘ladi”, – deyiladi tadqiqotda. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, fanga ma’lum bo‘lgan eng katta pingvinning vazni 154 kilogramm bo‘lgan va 50 million yil avval yashagan. Bunday pingvin, uning avlodlari kabi, ucha olmaydi. Ammo, olimlarning fikriga ko‘ra, qush juda yaxshi sho‘ng‘ishi va qattiq sovuqda tana haroratini uzoqroq ushlab turishi mumkin edi.

Muhandis o‘zini samokatga aylantirdi

Ilgari uchar mashinalar dizayni bilan shug‘ullanib kelgan myunxenlik muhandis Andrea Mocyellin ekzoskeletga o‘xshagan Exo-Line ko‘chma transport vositasini  taqdim etdi.

Xo‘sh, bu transportning xususiyati nimada? To‘g‘ri bu matoh bir qarashda g‘alati ko‘rinadi, qolaversa, Exo-Laynni boshqarish uchun siz uning ustida yotishingiz kerak. Oyoqlar bitta g‘ildirakli stendda, qo‘llar ikkita old g‘ildirak yaqinidagi maxsus tutqichlardan ushlab turadi va oshqozon batareya yashiringan platformada yotadi. Muvozanatni saqlash orqali haydovchi Exo-Laynni velosiped yoki mototsikl kabi aylantiradi. Boshqarish uchun tutqichda masofadan boshqarish pulti ham mavjud. Uning yordamida siz sayohat yo‘nalishini o‘zgartira olasiz, tezlashish yoki aksincha sekinlashish ham  mumkin.

G‘oya muallifining so‘zlariga ko‘ra, odam skuter bilan “qayta bog‘lanadi” va “jismoniy hayajonli haydash tajribasi”ni boshdan kechiradi. Haydovchi o‘zini Exo-Layn  bilan birdek his qiladi. Bundan tashqari, mazkur transport vositasini ryukzakda ham olib yursa bo‘ladi.

Darvoqe, skuterda bir kamchilik bor, u ham bo‘lsa haydovchi yo‘lda har bir zarbani his qilishidir. Agar yo‘llar notekis bo‘lsa, u yog‘ini  o‘zingiz tushunib olavering.

Dizayner Exo-Laynning narxi, tezligi, akkumulyator sig‘imi va quvvat zaxirasi haqida ma’lumot bermagan, deyiladi xabarda.

(ma’lumotlar internet materiallaridan olindi)

S.Rahimov, O‘zA