Poytaxtimizda bo‘lib o‘tayotgan, O‘zbekiston – Qirg‘iziston strategik sherikligi istiqboliga bag‘ishlangan tadbirda bevosita ishtirok etayotgan Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Asein Isayev yig‘ilganlarga yuzlanar ekan, jumladan shunday dedi:

– O‘zbek va qirg‘iz xalqlari azaliy birodar va bugungi kunda bu abadiy do‘stlik har tomonlama, har sohada rivojlanmoqda. O‘zbekiston Prezidentining Qirg‘izistonga tashrifi doirasida ham har tomonlama sheriklikni davom ettirish, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi eksport, import hajmini yanada oshirishga ulkan hissa qo‘shadigan taklif, tashabbuslar ilgari surildi.


O‘.Alimov,

O‘zA