Xanoy shahrida O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Vetnam Sotsialistik Respublikasiga tashrifi doirasida ushbu mamlakatning rejalashtirish va investitsiyalar vaziri Nguyen Thi Zung bilan uchrashdi. Tomonlar diqqat markazida investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘ldi.

Uchrashuvda oziq-ovqat va salqin ichimliklar ishlab chiqarish bo‘yicha qator qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda yangi loyihaviy tashabbuslarni hayotga tatbiq etish istiqbollari muhokama qilindi. Gap elektroenergetika, kimyo mahsulotlari, to‘qimachilik, elektrotexnika va qurilish materiallari ishlab chiqarish haqida bormoqda. Ikki mamlakat o‘rtasida Sanoat kooperatsiyasi dasturini tayyorlash maqsadida qo‘shma ishchi guruh tuzish masalasi kelishib olindi.

Suhbat chog‘ida tomonlar O‘zbekiston bilan Vetnam o‘rtasida investitsiyalar va soliq sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada kengaytirish muhimligini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni chuqurlashtirishga o‘zaro tayyorligini bildirdi.

 

O‘zA