Turkiyaning Kaxramanmarash shahridagi xalqaro musobaqada ishtirok etgan erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Anqara shahriga olib kelindi, deya xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasining Turkiyadagi elchixonasi ko‘magi bilan jarayon muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Hozirda barcha hamyurtlarimizning salomatligi yaxshi. Rejaga muvofiq, ular dastavval Turkiya poytaxtidan Istanbul shahriga yo‘l olishadi va u yerdan Toshkentga qaytib kelishadi.

Xabarda aytilishicha, kecha O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi bosh kotibi Shuhrat Mamadaliyev Dilshod Mansurov bosh murabbiyligidagi yoshlar terma jamoasini mamlakatimizga olib kelish uchun Istanbulga jo‘nab ketgan edi.

Bugun, 7 fevral kuni sportchi va murabbiylarimiz Toshkentga qaytib kelishadi.

 

T.Ro‘ziyev, 

O‘zA