Devis Kubogi saralash bosqichi doirasida tinnischilarimiz AQSHga qarshi ilk kungi o‘yinini o‘tkazdi.

Ilk o‘yinda Sergey Fomin Makkenzi Makdonaldga 4:6, 1:6 hisoblarida yutqazib qo‘ydi. Uchrashuv 1 soat 8 daqiqa davom etdi.

Ikkinchi o‘yinda esa Humoyun Sultonov Tommi Polga 1:6, 6:7 hisoblarida mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuv 1 soat 37 daqiqa davom etdi.

Devis Kubogi. O‘zbekiston — AQSH – 0:2

1. Sergey Fomin – Makkenzi Makdonald – 4:6, 1:6.

2. Humoyun Sultonov – Tommi Pol 1:6, 6:7.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA