Buxoro viloyati sudi binosida 2022 yilning 1−2 iyul kunlari Nukusda sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblanayotgan 39 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni boshlandi.

Ushbu jinoyat ishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi Dauletbay Razov raisligida birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqiladi.

Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga ko‘ra sudlanuvchilar:

Alыmbay Mыrzambetov (1979 yilda tug‘ilgan, ishsiz),

Dauletkeldi Nadirbayev (1988 yilda tug‘ilgan, AT “Xalq banki” Taxtako‘pir filiali yuristi),

Kamal Yeshjanov (1999 yilda tug‘ilgan, ishsiz),

Muratbay Pirlepesov (1978 yilda tug‘ilgan, yakka tartibdagi tadbirkor),

Adilbek Sariyev (1985 yilda tug‘ilgan, yollanma ishchi),

Nusret Bauyetdinov (1970 yilda tug‘ilgan, ishsiz),

Alysher Sharapov (1989 yilda tug‘ilgan, ishchi),

Ongarbay Mamutov (1966 yilda tug‘ilgan, 2-guruh nogironi),

Zamirbek Tadjimuratov (1988 yilda tug‘ilgan, ishsiz),

Timurbek Ismailov (1997 yilda tug‘ilgan, 12-sonli maktab o‘qituvchisi),

Rasul Sultaniyazov (1990 yilda tug‘ilgan, “Trans Less” MCHJ ishchisi),

Omirbek Kurbanov (1986 yilda tug‘ilgan, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadi),

Raximjan Jumabayev (1992 yilda tug‘ilgan, taksi haydovchisi),

Abzal Naurыzbayev (1996 yilda tug‘ilgan, Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi),

Nurmuxammed Genjebayev (2004 yilda tug‘ilgan, ishsiz),

Islambek Aitmuratov (1993 yilda tug‘ilgan, Qo‘ng‘irot vagon deposi vagon tekshiruvchisi),

Aydos Yesemuratov (1993 yilda tug‘ilgan, ishsiz),

Kuanыshbay Begaliyev (1989 yilda tug‘ilgan, “Trans yo‘l qurilish” MCHJ haydovchisi),

Manas Raxmanov (1993 yilda tug‘ilgan, “Zarqand” qandolatchilik mahsulotlari korxonasi agenti),

Amantay Seytmuratov (1976 yilda tug‘ilgan, ishsiz) Jinoyat kodeksining 244-moddasi (ommaviy tartibsizliklar) 3-qismida;

Polat Yesengeldiyev (1989 yilda tug‘ilgan, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ vagon kuzatuvchisi),

Oralbay Dosnazarov (1977 yilda tug‘ilgan, “Nыzam ustinligi” AH advokati),

Islam Polatov (1999 yilda tug‘ilgan, ishsiz),

Sharapat Ashirbekov (1979 yilda tug‘ilgan, ishsiz),

Dao‘ranbek Ramanov (1996 yilda tug‘ilgan, ishsiz),

Abdimalik Xojanazarov (1974 yilda tug‘ilgan, “Yel xыzmetinde” gazetasi bosh muharriri bo‘lib ishlagan),

Yesimqan Qanaatov (1981 yilda tug‘ilgan, “Ishonch” gazetasi muxbiri) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismi “a”, “g” bandlarida;

Rustam Dosыmbetov (1985 yilda tug‘ilgan, ishsiz),

Kongratbay Bekpolatov (1985 yilda tug‘ilgan, “Berdi-Trans” MCHJ haydovchisi),

Ruslan Baimbetov (1988 yilda tug‘ilgan, “Davlet Trans” MCHJ haydovchisi),

Quanыshbay Baxiyev (1988 yilda tug‘ilgan, yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadi),

Islam Saparov (1989 yilda tug‘ilgan, yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadi),

Nuratdiyin Xabipov (1992 yilda tug‘ilgan, Milliy gvardiya Nukus shahar qo‘riqlash bo‘limi safdori bo‘lib ishlagan),

Zairbek Pirjanov (1986 yilda tug‘ilgan, Nukus shahridagi Prezident maktabi haydovchisi) Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi “a” bandi va 244-moddasi 3-qismida;

Nursultan Duysenbayev (1998 yilda tug‘ilgan, mavsumiy ishchi),

Nursultan Baylepesov (1993 yilda tug‘ilgan, haydovchi),

Alpamыs Jumabekov (1994 yilda tug‘ilgan, mavsumiy ishchi),

Azamat Allanazarov (1997 yilda tug‘ilgan, yo‘nalishli taksi haydovchisi) Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “a” bandi, 244-moddasi 3-qismi va 247-moddasi (o‘qotar qurolni, o‘q-dorilarni, o‘qotar qurolning asosiy qismlarini, portlovchi moddalarni, portlatish vositalarini yoki portlatish qurilmalarini qonunga xilof ravishda egallash) 3-qismi “a” bandida;

Asыlbek Omirzakov (1991 yilda tug‘ilgan, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadi) Jinoyat kodeksining 166-moddasi (talonchilik) 2-qismi “a”, “v” bandlari va 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Barcha sudlanuvchilarga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Sud jarayoni ochiq tarzda o‘tkazilib, ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar uchun sud majlislarini videokonferensaloqa vositasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatishga mo‘ljallangan hamda barcha texnik sharoitlar yaratilgan matbuot zali tashkil etilgan.

 

Zarif Komilov,  

Tohirjon Istatov (surat, video), O‘zA