Bugun Buxoro viloyati sudi binosida joriy yilning 1−2 iyul kunlari Nukusda sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblanayotgan 39 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni boshlanadi.

Dastlab joriy yilning 1−2 iyul kunlari Nukusda sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblanayotgan 39 nafar fuqaroga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlar, nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlari hamda keng jamoatchilik vakillari uchun brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifingda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati rahbari, Oliy sud raisining matbuot kotibi – axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi Aziz Obidov axborot bermoqda.

 

Zarif Komilov,  

Tohirjon Istatov, (surat, video), O‘zA