O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi huzuridagi yoshlar turizmi agentligi tomonidan tashkil etilgan loyiha doirasida Qozog‘istondan kelgan 18 yosh turist yurtimizning diqqatga sazovor joylarida bo‘ldi. Iqtidorli, tashabbuskor, izlanuvchan yoshlardan tashkil topgan ushbu guruh sayohat davomida jonajon Vatanimiz tarixi, mamlakatimiz yoshlari, ularning yutuqlariga qiziqishi ma’lum bo‘ldi.

Ushbu turistik sayohat qo‘shni mamlakatlar va yurtimiz yoshlarini birlashtirish, fikr almashishida muhim ahamiyat kasb etdi.

 

O‘zA