Niderlandiyaning Tilburg shahri ko‘cha rassomlari Nils van Svemen va Kaspar van Lik tomonidan ishlangan devoriy surat “Street Art Cities” reytingining 2022 yil natijasiga ko‘ra, birinchi o‘rinni egalladi.

“Trashure” nomli mazkur ijod namunasiga “treasure” – xazina va “trash” –  chiqindi so‘zlaridan nisbat berilgan.

Devoriy surat aylanma iqtisod va chiqindini xom-ashyo sifatida qabul qilish tarafdori bo‘lgan ekologik kompaniya tomonidan buyurtma qilingan.

Rassomlar bu ish bilan har bir bo‘lagi takroran ishlatilishi mumkin bo‘lgan chiqindidan yangi nimadir kashf qilish lozimligini ko‘rsatmoqchi bo‘lishgan.

Argentina va Ispaniya rassomlari asari ikkinchi va uchinchi o‘ringa mutsnosib ko‘rildi.

G.Abdullayeva,

O‘zA