Statistika agentligi axborot xizmati xabar berishicha, BMT saytida mamalakatimizda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni kuzatib borish va jamoatchilikni xabardor qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot e’lon qilindi.

2019 yilda BMT Taraqqiyot dasturining texnik ko‘magi bilan O‘zbekiston Respublikasida Milliy barqaror rivojlanish maqsadlari ko‘rsatkichlari bo‘yicha nsdg.stat.uz veb-sayti ishlab chiqilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan veb-sayt o‘zbek, rus va ingliz tillarida  yuritiladi.

BMT saytida keltirilishicha, Statistika agentligi tomonidan 2018, 2019, 2020 va 2021 yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekiston Respublikasida Milliy BRMlarga erishish bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlar to‘plamlari” o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlangan va nashr etilgan.

O‘zbekistonda milliy BRM monitoring tizimi uchun 190 ta indikator dolzarb deb tan olingan.

bugungi kunda Statistika agentligi tomonidan yuritiladigan milliy BRM veb-saytida 128 ta milliy BRM ko‘rsatkichlari, 60 ta ko‘rsatkich esa, “Tracker” BRM boshqaruv panelida joylashtirilgan.

 

O‘zA