AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) direktori Uilyam Bernsning fikricha, Pekin yaqin o‘n yilliklarda Vashington uchun eng katta geosiyosiy muammo bo‘ladi. Bu haqda Amerikaning “CBS” telekanali sharhlovchisi Oliviya Gazis o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida ma’lum qildi.
Berns bu fikrini Jorjtaun universitetidagi nutqida aytib o‘tgan.
“O‘n yillardan keyin Xitoy yaratadigan muammo MRB uchun ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda”, dedi direktor.
Sharhlovchining aniqlik kiritishicha, direktor yangi texnologiyalar sohasini AQSH va XXR o‘rtasidagi raqobatning “asosiy maydoni” va MRBning “kelajagini belgilovchi asosiy omil”, deb ta’kidlagan.
MRB rahbarining qayd etishicha, AQSHning XXR bilan raqobati “ko‘lamiga bo‘yicha o‘ziga xos” hamda butun dunyo va ko‘plab sohalarni qamrab olishi mumkin.
“AQSHning Sovet ittifoqi o‘rtasidagi raqobatdan ko‘ra jiddiyroq bo‘lishi mumkin”, qo‘shimcha qilgan MRB direktori.
O‘zA