Birlashgan Arab Amirliklaridagi “Vahat Al-Karama” yodgorligida Shahidlar oilalari idorasi ijrochi direktori Shayx Xalifa bin Taxnun Ol Nahayon va ayni payt ushbu mamlakatda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “WAM” axborot agentligi ma’lum qildi.

Nomi “Qadr-qimmat vohasi” ma’nosini anglatuvchi mazkur yodgorlik Shayx Zayd masjidi ro‘parasida 46 ming kvadrat metr maydonda joylashgan bo‘lib, amirliklar ozodligi va birligi uchun qurbon bo‘lganlar sharafiga o‘rnatilgan.

Shayx Xalifa bin Taxnun va Tanzila Norboyeva BAA rahbariyati, xalqi va askarlari o‘rtasidagi birdamlik ramzi sifatida bir-biriga suyanib turgan 31 pannodan iborat “Shahidlar” haykali poyiga gul qo‘yib, marhumlar xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Muharrama Pirmatova,

O‘zA