Buyuk Britaniya istagan vaqtda Yevropa ittifoqi (YeI) tarkibiga qayta qo‘shilishi mumkin. YeIning ittifoq tarkibidan chiquvchi mamlakatlar bo‘yicha asosiy muzokara olib boruvchisi (Brexit) Mishel Barne Londanda bo‘lib o‘tgan tadbirda shu haqda ta’kidladi.

“YeI eshigi siz uchun har doim ochiq”, – deya keltiradi uning so‘zlarini The Daily Telegraph gazetasi.

Barnening ta’kidlashicha, Brexit voqeasi kabi YeIga qo‘shilish bo‘yicha har qanday qarorni faqat Buyuk Britaniya qabul qilishi kerak. U shuningdek, qirollik Yevropa hamjamiyatidan chiqqani uchun afsus bildirdi. Shundan buyon tashkilotda ulkan o‘zgarishlar ro‘y berdi, deya qo‘shimcha qildi u.

Buyuk Britaniya bir necha yillik muzokaralardan so‘ng YeIni 2020 yil 1 fevralda tark etga edi. 2021 yil 1 yanvarda Brexit o‘tish davri nihoyasiga yetdi va YeI normalarining Birlashgan Qirollikda amal qilishi to‘xtadi.