Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Yangi Andijon massividagi “Ipoteka markazi”da muqobil energetikani rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

–Bugun qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ommalashtirish va energiya resurslarini iqtisod qilish bo‘yicha ustuvor vazifalarni muhokama qilamiz. Iqtisodiyotimiz o‘sishi, aholimiz yashash sharoiti yaxshilanishi bilan bir qatorda elektr iste’moli ham kundan-kunga oshmoqda,– dedi Shavkat Mirziyoyev. – Hozir sizlar bilan Yangi Andijon massivida uchrashib turibmiz. Qisqa muddatdan keyin bu yerda hamma sharoitlarga ega xonadonlarga odamlarimiz ko‘chib kiradi. Ular, albatta, har xil turdagi zamonaviy maishiy texnikalar bilan jihozlanadi.

Bu – Yangi Andijon massivining o‘ziga qo‘shimcha 25 Megavatt elektr quvvatlari kerak, degani.

Qayd etish joiz, bunday zamonaviy xonadonlar yurtimizda so‘nggi besh yilda 1,2 milliontaga ko‘paydi, korxonalar soni esa 260 mingtaga yetgan.

Xonadonlar soni 6,1 milliondan 7,3 millionga, korxonalar soni 265 mingdan 527 mingga oshgan.

Ya’ni, bular elektr energiyasiga bo‘lgan talabni 35 foizga oshirdi.

Andijonda xonadonlar soni 547 mingdan 646 mingga, korxonalar 23 mingdan  40 mingga,

Namanganda xonadonlar soni 493 mingdan 584 mingga, korxonalar 17 mingdan 32,5 mingga,

Farg‘onada xonadonlar soni 694 mingdan 816 mingga, korxonalar 23,5 mingdan 47 mingtaga oshgan.

Ushbu viloyatlarda elektrga talab 40 foizga ko‘paygan.

–Shuning uchun, energetikada uzoq yillar davomida amalga oshirilmagan islohotlar va loyihalarni boshladik,– dedi davlatimiz rahbari.

O‘zA