AQSH Eronning yettita tashkilotiga Rossiya harbiy sanoati sektoriga yordam berayotganlikda gumon qilib sanksiya joriy qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Amerika savdo vazirligi e’lon qilgan hujjatda shunday deyiladi:
“Sanoat va xavfsizlik byurosi (AQSH savdo vazirligi) sanksiyalar ro‘yxatiga Eronning yettita tashkilotini qo‘shdi. AQSH hukumatining aniqlashicha, mazkur tashkilotlar Rossiya harbiy va mudofaa sanoati bazasini qo‘llab-quvvatlab milliy xavfsizlikka yoki Qo‘shma Shtatlarning xorijiy manfaatlariga zid ravishda faoliyat olib borgan”.