AQSH mudofaa vazirligi tarqatgan xabarnomada shu haqda ma’lum qilinmoqda. “Havo-reaktiv gipertovushli dvigatelga ega Lockheed Martin versiyasidagi ushbu raketalar o‘z oldiga qo‘yilgan barcha maqsadlarga erishib, dasturni a’lo darajada bajardi”, – deyiladi xabarda.
Xabarda ta’kidlanishicha, AQSH harbiy havo kuchlari bilan Pentagonning loyihalarni istiqbolli tadqiqot qilish Agentligi (DAPRA) hamkorligida amalga oshirilgan ushbu gipertovushli havo-reaktiv qurol parvozi yakunlovchi sinov amaliyoti hisoblanadi.