O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazidan ma’lum qilinishicha, joriy yilning 31 yanvar va 1-2 fevral kunlari O‘zbekistonga O‘rta yer dengizi hududlaridan nam va nisbatan iliq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.

31 yanvar va 1-2 fevralda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

1-2 fevralda Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida shamol tezligi 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

31 yanvar va 1-2 fevralda respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik, asosan,  yomg‘ir ko‘rinishida bo‘ladi. Shuningdek, Samarqand, Jizzax, Toshkent viloyatlarida 1-2 fevral kunlari ba’zi joylarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida kuchli yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor)  bo‘ladi.

 

O‘zA