Eronning G‘arbiy Ozarbayjon viloyati Xoy shahrida bir kun avval sodir bo‘lgan 5,8 magnitudali zilzila natijasida, dastlabki ma’lumotda aytilishicha, 2 kishi halok bo‘lgan, 664 kishi jarohatlangan.
“Anadolu” xabariga ko‘ra, gubernator Sodiq Mutemedianning bayonotida 16 nafar jabrlangan shaxs Selmas shahri shifoxonasiga yetkazilgani qayd qilingan. Keyin ulardan 20 kishi og‘ir jarohati tufayli Xoy shahridagi shifoxonalarga yotqizilgan, olti nafari operatsiya qilingan.
Yer silkinishidan 70 ga yaqin qishloq zarar ko‘rgan. Hodisa epitsentridan 30 kilometr radiusli hududga zararni baholash uchun mutaxassislar guruhi yuborilgan.
Tabiiy ofat va favqulodda vaziyatlar oqibatini bartaraf etish boshqarmasi saytida e’lon qilingan ma’lumotga ko‘ra, zilzila o‘chog‘i 6,49 km chuqurlikda.
Eron seysmologiya markazi kecha mahalliy vaqt bilan 21.44 da sodir bo‘lgan zilzila kuchi 5,9 ball ekanini bildirgan.
Yer osti silkinishi tufayli Xoy shahri va Chaypar okrugidagi maktablarda dars bekor qilindi.
O‘zA