Buyuk Britaniya Qiroli Karl III yaqinlashib kelayotgan toj kiyish marosimida 17 asr modasiga mos shimli ipak paypoq kiymaydi. Monarx tadbirda Buyuk Britaniya Qirollik dengiz floti admiralining harbiy formasini kiyadi, deb xabar berdi “The Sun” gazetasi.

“Toj kiyishning haddan tashqari nomaqbul ba’zi tartibotlaridan voz kechish yoki modernizatsiya qilishga qaror qilingan bo‘lsa-da, Qirol shimli paypoq kiyishga tayyor edi. Biroq, katta maslahatchilar ularni kiymaslikka chaqirmoqda. Bu asosan davr ruhiga ko‘proq moslashtirish va arxaiklikdan qochish zaruriyatidan kelib chiqilmoqda”, deyiladi maqolada.

“Karl III atrofidagilar 2023 yilda 74 yoshli Qirolning paypoq va shim kiyishi zamon ruhiga to‘g‘ri kelmasiligi haqida fikrlari balki to‘g‘ridir”, deb xulosa chiqaradi nashr.

Monarx va uning rafiqasi Qirolicha-konsort Kamilla Yelizaveta II vafotidan keyin sakkiz oy o‘tib, 6 may kuni Vestminster abbatligida toj kiyish marosimi o‘tkaziladi. Unga so‘nggi marta – 1953 yildagi kabi sakkiz ming emas, balki ikki ming kishi marosimda ishtirok etishga taklif qilinadi.

 

O‘zA