Prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mahalladagi ishsiz aholini daromadli qilish maqsadida 1 mingta mahallaga xizmat ko‘rsatuvchi 300 ta mikromarkaz tashkil etish dasturi boshlangani qayd etildi.
Davlatimiz rahbari 1 aprelga qadar har bir viloyatda kamida 5 tadan mikromarkazni ishga tushirish zarurligini ta’kidladi.
Joriy yilda G‘ijduvon, Buloqboshi, Zangiota, Farg‘ona tumanlari, Qo‘qon, Marg‘ilon, Urganch shaharlarida kamida 20 tadan shunday markazlarni tashkil qilish topshirildi.
Umuman, 2023 yilda yana 1 million aholini kambag‘allikdan chiqarish vazifasi qo‘yildi.
Yig‘ilish yakunida hududlar va soha uchun mas’ul mutasaddilarning axboroti tinglandi.
O‘zA