Mamlakatimiz Xotin-qizlar va oila ishlari davlat qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova Tehronda Nufuzli ayollarning birinchi xalqaro kongressi doirasida Eron Prezidentining rafiqasi Jamile Alamolxoda bilan uchrashdi.

Tomonlar ushbu tadbir ayollarning jamiyatdagi rolini mustahkamlashga qaratilgan loyihalarni faol amalga oshirish, xotin-qizlarning bu boradagi sa’y-harakatini birlashtirishga xizmat qilishini alohida ta’kidladilar. Shuningdek, muloqot chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqani yanada rivojlantirish, xususan, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalasida ham fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida mamlakatlarimizning yuqori salohiyati e’tirof etilib, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishga kelishib olindi.

O‘zA