Yevropa Ittifoqi 22 fevralda Istanbulda sammit o‘tkazishni rejalashtirmoqda, unda Ukraina mojarosining oqibatlari muhokama qilinadi, deb bayonot berdi Turkiyaga kelgan Yevroittifoq delegatsiyasi rahbari Nikolaus Meyer-Landrut.

“Yigirma ikkinchi fevralda Istanbulda sammit bo‘lib o‘tadi. Sammitga Ukraina hukumati vakillari ham taklif etilgan”, – degan u.  

Anadolu agentligi yozishicha, sammitda “mojaroning geosiyosiy va iqtisodiy oqtbatlari” muhokama etilishi rejalashtirilgan. Oliy darajadagi majlisda Turkiya vakili ham ishtirok etishi rejalashtirilgan, lekin aynan kim qatnashishiga Meyer-Landrut aniqlik kiritmagan.

“Biz shu yo‘l bilan Ukrainani qo‘llab-quvvatlashimizni namoyish qilamiz”, – deya ta’kidlagan u.