Yaponiyada yanvar oyida koronavirusdan vafot etganlar soni keskin ko‘paygan. Yanvar boshidan buyon 8,1 mingdan ziyod bemor hayotdan ko‘z yumgan, bu bir oylik ko‘rsatkich bo‘yicha mutlaq rekord, deyilmoqda.

Yaponiya sog‘liqni saqlash vazirligi e’lon qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yakshanba kuni koronavirus tufayli 326 ta o‘lim qayd etilgan. Yanvarning 22 kunida vafot etganlarning jami soni 8 ming 103 kishini tashkil etgan. Epidemiya boshlangandan buyon oylik o‘lim ko‘rsatkichi ilk bor 8 mingdan oshgan. 5 ming kishi so‘nggi 12 kun ichida vafot etgan.

Yaponiyada koronavirusdan o‘lim holatining keskin ko‘payishi dekabr oyi boshidan kuzatilmoqda. Vafot etganlarning 97 foizi yoshi 60 dan oshgan keksalarga to‘g‘ri kelmoqda.