Xitoyning Aerokosmik fan va texnologiya korporatsiyasi 2023 yilda oltmishdan ortiq raketalarni uchirish va ikki yuzdan ziyod kosmik uskunalarini orbitaga chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda korporatsiyaning matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, joriy yilda korporatsiya Xitoy kosmik stansiyaga astronavtlar va yuklarni yetkazish uchun uchta kosmik kemani uchirishni mo‘ljallamoqda. Ular orasida yuk tashuvchi “Tyanchjou-6” hamda boshqariladigan “Shenchjou-16” va “Shenchjou-17” bor.
“Beydou-3” global navigatsiya tizimining ishlashini yanada oshirish uchun Xitoy uchta zaxira sun’iy yo‘ldoshini uchirishni rejalamoqda. Shu bilan birga, korporatsiya tijorat maqsadlarida Yerni masofadan turib, zondlash yangi avlod tizimini yaratishni tezlashtirmoqchi.
Oy, Mars va Koinotni tadqiq qilish loyihalarining to‘rtinchi bosqichi doirasida Xitoy joriy yilda “Chan’e-7” va “Tyanven-2” zondlarini, shuningdek, geostatsionar mikroto‘lqinli zondni ishlab chiqishni davom ettiradi.
O‘zA