Xitoy iqtisodiyoti o‘tgan yilgi pasayishdan keyin bu yil yuqori o‘sish sur’atlariga qaytadi. Bu haqda Xitoy Davlat kengashi Bosh vaziri o‘rinbosari Lyu Xe Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.

“Ishonamizki, biz mashaqqatli mehnatimiz tufayli 2023 yilda Xitoy iqtisodiyotidagi vaziyat yaxshilanadi va iqtisodiy o‘sish sur’ati normal darajaga yetishi ehtimoli yuqori”, dedi u.

Lyu Xening so‘zlariga ko‘ra, hukumat bu yil Xitoyga xorijdan sarmoya kirishi sezilarli darajada oshishi kutilmoqda, korporativ sarmoya sezilarli darajada oshib, ichki iste’mol normal holatga qaytadi, deb ishonadi.

Davlat statistika byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy iqtisodiyotining o‘sish sur’ati o‘tgan yil uch foizgacha pasaygan. Mamlakat hukumati 2022 yilda yalpi ichki mahsulot taxminan 5,5 foizga o‘sganini ta’kidlagan.

2021 yilda esa Xitoy yalpi ichki mahsulotining o‘sish sur’ati 8,1 foizni tashkil etgan edi.

O‘zA