Besh kunlik yakkalanish
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) COVID-19 infeksiyasiga chalingan holatda ko‘riladigan epidemiologik choralar bo‘yicha yangi tavsiyalarni e’lon qildi.
JSST ma’lum qilishicha, niqob taqish hali ham COVID-19 ga qarshi muhim vositalardan biri hisoblanadi. Tashkilot virus tarqalishining hozirgi sur’atidan kelib chiqib, aholini mahalliy epidemiologik vaziyat qanday bo‘lishidan qat’iy nazar niqob taqishga chaqirmoqda.
Koronavirusga uchragan odamning yonida bo‘lganda, odamlar ko‘p bo‘lgan joylarda hamda yopiq va shamollatilmagan xonalarda o‘tirganda albatta niqob taqish shart ekanligi aytilmoqda.
Shuningdek, JSST ma’lum qilishicha, COVID-19 ga chalingan bemor tezkor testdan o‘tganda salbiy natija ko‘rsatsa yakkalanish muddatini qisqartirishi mumkin. Yangi tavsiyada koronavirus alomatlari bo‘lgan lekin testdan o‘tkazilmagan bemor uchun 10-kun yakkalanish lozimligi aytiladi.
Avvalroq JSST bemorni 10 kundan keyin uyiga javob berishga va kasallik ketgandan keyin ham yana uch kun yakkalab qo‘yishni tavsiya qilgan edi.
COVID-19 ga qarshi test topshirganda ijobiy natijaga ega bo‘lgan, lekin koronavirusning hech bir alomati ko‘rinmagan shaxslarga JSST besh kunlik yakkalanishni tavsiya qilmoqda.