Mamlakatimizning Oqtov shahridagi Bosh konsulligi qattiq sovuq havo tufayli Qozog‘iston avtomobil yo‘llarida qiyin ahvolga tushib qolgan vatandoshlar bilan bog‘liq vaziyatni nazorat ostiga olgan.
Jumladan, 10 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:00 atrofida «Samara- Shimkent» xalqaro trassasining 75-kilometrida 70 874 MBA davlat raqamli meva olib ketayotgan O‘zbekiston yuk avtomashinasining ishdan chiqqani haqida ma’lumot kelib tushdi. Bosh konsullik xodimlari tomonidan ushbu haydovchilarga zudlik bilan yordam ko‘rsatildi va ular issiq joyga joylashtirildi. Qurbonlar yo‘q.
Shuningdek, 10 yanvar kuni Irg‘iz tumani markazidan o‘tgan yo‘lning yopiq 20 kilometrida Rossiyaga ketayotgan 41 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan shaharlararo avtobus to‘xtab qolgan. Yo‘lovchilar Aqtobe viloyati Irgiz qishlog‘idagi o‘rta maktabga joylashtirildi.
Shu kuni mahalliy vaqt bilan soat 22.49 da «Samara-Chimkent» avtomobil yo‘lining 968-kilometrida Aqtobe viloyatining Aytekebi tumanida avtobusdan odamlarni evakuatsiya qilish zarurligi haqida xabar keldi. Qutqaruvchilar yordamida 31 nafar O‘zbekiston fuqarosi Qorabutoq qishloq masjidiga evakuatsiya qilindi. Hech kim jabrlanmagan.
11 yanvar kuni avtomobil yo‘llarida harakat ochilganidan so‘ng vatandoshlar Rossiyaga safarlarini davom ettirishdi.
Shu o‘rinda ob-havo sharoitining yomonlashuvi munosabati bilan O‘zbekiston Bosh konsulligi vatandoshlardan ob-havo barqarorlashgunga qadar Qozog‘iston hududi bo‘ylab avtotransport va avtobusda harakatlanmaslikni tavsiya qiladi.
O‘zA