Monarx Afinadagi xususiy kasalxonada reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan edi. Avvalroq u insultni boshidan kechirgan, shuningdek, keksa qirolda COVID-19 ham aniqlangan, deb yozmoqda Associated Press agentligi.

Konstantin II 1964 yilda  23 yoshida taxtga o‘tirgan edi. U taxtga o‘tirayotgan paytda xalq orasida juda mashhur bo‘lgan, lekin siyosiy tovlamachiliklari oshkor bo‘lib qolgandan keyin bir yil ichida obro‘sini butunlay yo‘qotgan. Natijada 1967 yili Gretsiyada harbiy to‘ntarish yuz berdi va qirol mamlakatdan qochib ketishga majbur bo‘lgan.

Harbiy diktatura 1973 yili monarxiyani bekor qildi, yana bir yildan keyin o‘tkazilgan referendumda fuqarolar boshqaruvning demokratik shakliga o‘tishni yoqlab ovoz berdi. Shundan so‘ng  Konstantin II bir necha marotaba vataniga kelib ketgan, lekin faqat keksa yoshida Gretsiyaga butunlay qayta oldi.

Konstantin 1940 yil 2 iyunda Afinada qirol Georg II va malika Frederika Gannoverskayaning ukasi shahzoda Pavel oilasida dunyoga kelgan. Konstantinning opasi Sofiya Ispaniyaning sobiq  qiroli Xuan Karlos I ning rafiqasi. Buyuk Britaniyaning marhum qirolichasi Yelizaveta II ning eri  Filipp esa uning amakisi hisoblanadi.