Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mashg‘ulotlar o‘tkazishda mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiq o‘quv xonalarida havo harorati yengil jismoniy ishda 21º S, o‘rtacha og‘ir ishda 17º S va og‘ir ishda 16º Sdan past bo‘lmasligi kerak.

Fizika o‘quv laboratoriya xonasida muntazam ravishda harorat 18º S-21º S, havoning namligi 40-60 foiz bo‘lishi kerak. Ta’lim muassasasi hududidagi hojatxonalar issiq suv va kanalizatsiya tizimiga ulangan bo‘lishi lozim.

Muassasada kanalizatsiya tizimi yo‘q bo‘lsa, davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda ta’lim muassasasida yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qo‘l yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat o‘ralarining bo‘lishiga ruxsat etiladi.

Informatika o‘quv xonasini yerto‘lalarga joylashtirish taqiqlanadi.

O‘quv ustaxonalaridagi ish o‘rni har qanday baxtsiz hodisaning oldini olishga qaratilgan holda tashkil qilingan bo‘lishi kerak.

 

O‘zA