Hhududlardagi ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga maktabgacha, umumta’lim, o‘rta maxsus, professional hamda oliy ta’lim muassasalarida qishki ta’til davrini uzaytirish yoki uzaytirmaslik vakolati berildi.

Ayni shundan kelib chiqqan holda, bugun – 2023 yil 11 yanvaridan Namangan viloyatidagi 5 ta oliy o‘quv yurti, 63 ta texnikum, kollej va kasb-hunar maktablarida o‘qishlar boshlanishi belgilandi.

Viloyatdagi 686 ta umumta’lim maktabida, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda ham o‘qish bugundan boshlandi. Ayrim hududlardagi 24 ta maktabda esa ta’lim jarayoni bosqichma-bosqich boshlanadi.

 

O‘zA