Korrupsiyada ayblanayotgan Janubiy Afrika Respublikasi sobiq Prezidenti Jeykob Zuma ustidan sud 2025 yil bo‘lib o‘tadi, deb xabar tarqatdi “News24” telekanali.
Zumaga o‘tgan asr 90-yillarida qiruvchi samolyot, qo‘riqchi qayiq va texnika xarid qilish bilan bog‘liq firibgarlik, poraxo‘rlik shaklida 16 ayb qo‘yilgan. O‘shanda u vitse-prezident edi. Ish bo‘yicha tergov boshlangan 2021 yil may oyida Zuma qurol-aslaha sotib olish bilan bog‘liq mojaro tufayli ayblanib hamda sudga hurmatsizlik qilgani uchun 15 oy ozodlikdan mahrum etilgan. Shu yil yozda qamoq jazosini o‘tay boshlagan, sentyabrda esa sog‘lig‘i yomonlashgani sabab, shartli ravishda chiqarilgan.