O‘mon Sultonligining yetakchi “Asdaa Oman” gazetasi veb-sahifasida O‘zbekiston 2022 yilning yanvaridan noyabrigacha bo‘lgan davrda 600 ga yaqin yuk avtomobillarini eksport qilgani haqida maqola e’lon qilindi.

“2023 yil 8 yanvar aks sadolari” ruknida berilgan xabarda “2022 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston sakkiz davlatga 15 million dollarlik 589 yuk avtomobili eksport qilgani” aytiladi.

O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga tayanib, yuk avtomobillari asosan  Qozog‘istonga ( 227ta), Qirg‘iziston (138), Tojikiston (80), Ozarbayjon (66) va Belarus (66 ta) davlatlariga yetkazib berilgani xabar qilingan.


Muharrama Pirmatova, O‘zA