Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

Davlatimiz rahbari o‘z Murojaatnomasida sanoatni rivojlantirish, sohaga investitsiyalar jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha katta rejalarni belgilab berdi.

Unda har bir tumanga 50 million dollar investitsiya olib kelish vazifasi qo‘yildi.

–Bu – har bitta tumanda qo‘shimcha kamida 5 mingta ish o‘rni va 20 milliard so‘m soliq tushumi paydo bo‘ladi, degani, – dedi davlatimiz rahbari.

Bu ishlarni tizimli tashkil qilish uchun Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tashkil qilindi.

Vazir Qudratov, hokimlar va tarmoq rahbarlari bu ishlarni to‘g‘ri tashkil qilsa, 2023 yilda sanoatda o‘sishni 14 foizga olib chiqish mumkinligi ta’kidlandi.

O‘zA