Turkiyaning yangi konstitutsiyasini qabul qilish va uning dunyoning rivojlangan o‘nta davlati qatoriga kirishi Anqara uchun kelgusi yildagi ustuvor vazifalardan biridir.

2023 yilda respublika e’lon qilinganining 100 yilligi nishonlanadi. Shu munosabat bilan Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an davlat oldida turgan eng dolzarb maqsadlar haqida “Yeni Shafak” gazetasida yozib chiqdi.

“Turkiya asri dasturining birinchi maqsadlaridan biri mamlakatimiz uchun xalq irodasini to‘liq aks ettiruvchi konstitutsiyani qabul qilishdir. Shuningdek, respublikamizni siyosat, iqtisod, texnologiya, mudofaa va diplomatiya sohalarida dunyoning eng rivojlangan davlatlari o‘ntaligiga olib chiqishdir”.

Uning ta’kidlashicha, faol tashqi siyosat tufayli Turkiya “mintaqaviy va global tinchlik va hamda barqarorlikni ta’minlovchi markaziy aktyor”ga aylanadi.

“Hozir Turkiya barqarorlashtiruvchi kuch sifatida yanada adolatli dunyo g‘oyalari bayrog‘ini ko‘tarib turibdi. Biz insonparvarlik yordami va tinch diplomatiyani namoyish etishda sayyoramiz uchun namuna bo‘lamiz”, deb qo‘shimcha qiladi Erdog‘an.

 

O‘zA