Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiyada Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzakov va boshqa masʼullar ishtirok etishdi.

Davlatimiz rahbari boshchiligida Xorazm viloyatida iqtisodiyotni rivojlantirish, aholining ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash boʻyicha bir qator ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Kelgusida ham viloyatda yangi ish oʻrinlarini yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini kengaytirish, yangi sanoat korxonalari tashkil etish lozimligi taʼkidlandi. Turizm yoʻnalishidagi mavjud imkoniyatlardan kengroq foydalanish yuzasidan takliflar bildirildi.

Sessiyada tashkiliy masala koʻrib chiqildi. Shu vaqtgacha Qoʻshkoʻpir tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Joʻrabek Raximovich Raximov Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi.

OʻzA