Prezident raisligida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida aholi bandligini ta’minlash doirasida quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratish zarurligi qayd etildi.

Birinchi yo‘nalish – kelasi yili paxta va g‘alladan bo‘shagan 100 ming gektarni aholiga bo‘lib berish eng katta zaxira bo‘ladi.

Endi yerni qo‘lidan ish keladigan, dehqonchilikni biladigan odamlarga berish, kamida 600 ming aholini doimiy va 900 ming aholini mavsumiy daromad olishini ta’minlash zarur.

8 trillion so‘mlik 600 dan ziyod saqlash, saralash va qayta ishlash loyihalarini amalga oshirish orqali qishloq aholisi uchun sanoatda ish o‘rinlari yaratishi kerak. Shu bilan birga, kelasi yili qishloq xo‘jaligiga xalqaro moliya tashkilotlaridan jalb qilinadigan 400 million dollarni ko‘proq doimiy ish o‘rinlari yaratadigan loyihalarga yo‘naltirish kerakligi aytildi.

O‘zA