Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron besh kunlik tashrif bilan Vashingtonga yetib bordi. Bu haqda “Agence France-Presse” xabar berdi.
Bugun Fransiya davlat rahbari AQSH vitse-prezidenti Kamala Xarris hamrohligida Aeronovtika va kosmik tadqiqotlar milliy boshqarmasi (NASA) qarorgohiga boradi.
Makron va Prezident Jo Bayden uchrashuvi 1 dekabrga rejalangan. Muzokaralar chog‘ida Makron ikki davlat o‘rtasidagi savdo kelishmovchiligini muhokama qilmoqchi.
Fransiya yetakchisining mazkur safari Avstraliyaga suvosti kemalarini yetkazib berish bo‘yicha kelishuv tuzilganidan 15 oy o‘tib amalga oshirilmoqda. Bitim Parij manfaatlariga zarar yetkazgan holda 2021 yilning sentyabr oyida Vashington, Kamberra va London tomonidan rasmiylashtirilgan.
AQSH rasmiylari Fransiya ittifoqchisi bilan aloqalarni mustahkamlashga tayyor ekanini ko‘rsatish uchun Makronni davlat tashrifiga taklif qilgan.
Safar maxsus protokol shartlari bilan o‘tkazilishi qayd etiladi.
O‘zA