Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi – ASEAN mudofaa vazirlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir tuzilmaning birligi va muhim ahamiyatiga nisbatan qo‘shma majburiyatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi, – deb hisoblaydi Kamboja mudofaa vaziri Tea Ban.
“Sinxua” yozishicha, Tea Ban mintaqa va butun dunyo xavfsizligining hozirgi manzarasi juda zaif va tobora noaniq bo‘lib qolayotganini ta’kidlagan. Shuningdek, so‘nggi 16 yil ichida yig‘ilish ASEAN tinchligi, xavfsizligi, barqarorligi va taraqqiyotini qo‘llab-quvvatlash maqsadida strategik muloqotni, o‘zaro ishonchni mustahkamlash, mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish uchun foydali platformaga aylanganini ham qo‘shimcha qilgan.
G. Abdullayeva,
O‘zA