Joriy yilning 21 noyabr kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Haitovni qabul qildi.
Aktam Haitov o‘z nomidan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomidan Prezident Ilhom Aliyevni “Yangi Ozarbayjon” partiyasining 30 yilligi bilan tabrikladi. Prezident Ilhom Aliyevga O‘zbekiston Prezidentining ezgu tilaklarini yetkazdi. Aktam Haitov Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon bilan o‘zaro aloqalarni yuksak qadrlashini ta’kidladi.
Prezident Ilhom Aliyev tabrik uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga ezgu tilaklarini yetkazishni so‘radi.
Prezident Ilhom Aliyev joriy yilda O‘zbekistonga uch marta tashrif buyurganini qayd etib, Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvlarini mamnuniyat bilan esladi.
Muloqot chog‘ida “Yangi Ozarbayjon” partiyasi va O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi o‘rtasidagi samarali hamkorlik va o‘zaro tashriflar muhimligi ta’kidlandi.
O‘zA