Xabaringiz bor poytaxtimizda Kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta’lim berishga bag‘ishlangan II Butunjahon konferensiyasi (WCECCE) bo‘lib o‘tmoqda.

Ayni paytda ushbu yirik anjumanning rasmiy ochilish marosimi boshlandi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerak, yosh bolalarni himoya qilish va ta’lim olish uchun sharoitlarni rivojlantirish va yaxshilash 2000 yilda YUNESKOga a’zo davlatlar tomonidan qabul qilingan “Barchaga ta’lim” (EFA) dasturining oltita maqsadidan biri hisoblanadi.

Konferensiya davomida yuqori darajadagi uchrashuvlar, panel munozaralari ham bo‘lib o‘tadi. Ularda maktabgacha ta’lim yo‘nalishida inklyuzivlik,  sifat va farovonlik, tarbiyachi va o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, siyosat, menejment, moliya va innovatsiyalar kabi mavzular qamrab olinadi.

Shuningdek, turli mamlakatlarda o‘tkazilgan ayrim tadqiqotlar natijalari taqdim etiladi. Bu keng qamrovli konferensiyada dunyoning turli burchaklaridagi eng samarali dasturlarga e’tibor qaratiladi.

 

G.Sattorova, Nosirjon Haydarov(surat),O‘zA