Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasining bir guruh xodimlari davlatimizning iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, yoshlarni milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qo‘shayotganligi uchun xalqaro esdalik nishonlari bilan taqdirlandi.

Bugun bojxona organlari o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish barobarida nodavlat notijorat tashkilotlar bilan hamkorlikda mamlakatimiz siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga ham munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasida bo‘lib o‘tgan tadbirda boshqarma boshlig‘i soha xodimlariga xalqaro esdalik nishonlari topshirildi.

Bu kabi mukofotlar sohaning barcha xodimlarini Amir Temur va Berdaq bobolar singari buyuk ajdodlar izdoshlari bo‘lib, mamlakatimiz ravnaqi, xalqimiz farovon turmushi yo‘lida doimo xizmatga shay bo‘lishga undaydi.

Dovud Abibullayev, O‘zA