Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida iqtisodiyotlarimizni global inqirozning o‘sib borayotgan salbiy oqibatlariga moslashtirish zarurligini ko‘rsatib o‘tdi.

Bu o‘rinda:

–proteksionizmning kuchayishiga, global bozorlarni beqaror qiladigan omillarni, jumladan, yangi cheklovlarning joriy etilishiga yo‘l qo‘ymaslik;

– Osiyo qit’asida o‘zaro bog‘liqlikni, birinchi galda, ishlab chiqarish-logistika zanjirini, Markaziy Osiyoni Janubiy va Sharqiy Osiyo, shuningdek, Yaqin Sharq bilan samarali bog‘lovchi transport yo‘laklarini yaratish hisobiga kuchaytirish muhimligita’kidlandi.

–Jahon sanoat inqilobining yangi bosqichiga o‘tishning asosi bo‘lgan bilimlar iqtisodiyotini ilgari surish barqaror taraqqiyotga tahdidlarning oldini olishga xizmat qiladi.

Innovatsiyalar transferi salohiyatini yanada to‘liqroq ishga solish, raqamlashtirishni faol rag‘batlantirish, yuqori texnologiyalar, sun’iy intellekt, Internet tizimlarini rivojlantirish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.

Bu yo‘nalishlarda Osiyo mamlakatlari global yetakchilikka birgalikda erishish uchun barcha imkoniyatlarga egadir, – dedi davlatimiz rahbari.

O‘zA