FOTOREPORTAJ

Nukusda Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirlik va tashkilotlari xodimlari o‘rtasida sportning mini futbol turi bo‘yicha “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi kubogi” musobaqasiga start berildi.

Musobaqada jami 32 jamoa ishtirok etmoqda.

Ishtirokchi jamoalar o‘rtasidagi o‘yinlar Nukus shahar 1-bolalar va o‘smirlar sport maktabi bazasida o‘tkazilmoqda.

Musobaqaning ochilish marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi A.Orinbayev ishtirok etib, barcha sportchilarga omad tiladi.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA