Joriy yil 6-13 oktyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan dzyudo bo‘yicha jahon chempionati doirasida Xalqaro iqtisodiy forum tashkil etildi.

Anjumanning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev, Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidenti Marius Vizer, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov, vazirlik, idoralar, shuningdek diplomatik vakolatxonalar, federatsiyalar, ittifoqlar, turli mamlakatlarning dzyudo bo‘yicha konfederatsiyalari vakillari, xalqaro tashkilotlar va xalqaro moliya institutlari vakillari ning boshqa vakillari ishtirok etdi.

Tadbir kun tartibidan bank, moliya, texnologiya va IT sohasidagi tendensiyalar, mamlakatimizga sarmoya kiritish masalalari muhokamasi asosiy o‘rin egalladi.

J.Xo‘jayev muqobil energiya bilan bog‘liq istiqbolli yo‘nalishlar xususida so‘z yuritib, O‘zbekistonda 2030 yilga kelib qayta tiklanadigan energiyadan foydalanish ko‘lamini qariyb 30 foiz oshirish rejalashtirilayotganini qayd etdi.

Ishtirokchilar e’tibori butun dunyoda jadal rivojlanayotgan raqamli texnologiyalarga qaratildi. Ta’kidlanishicha, bu sohada muayyan mamlakatning raqobatbardoshligi innovatsiyalarga, to‘g‘ridan-to‘g‘ri axborot texnologiyalari joriy etilishiga bog‘liq. Shuning uchun mamlakatimizda ustuvor maqsadlardan biri sifatida raqamli iqtisodiyotni taraqqiyotning asosiy drayveri sifatida rivojlantirish belgilab olingan.

Kelgusi besh yilda dasturiy mahsulot eksportini o‘n barobar, raqamlashtirish tezligini 70 foiz oshirish, tegishli tarmoq quvvatlarini esa besh marta ko‘paytirish rejalashtirilayotgani bildirildi. Buning natijasida raqamli texnologiyalar tarmog‘ining YAIMdagi ulushini 4 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

Shu bilan birga forum doirasida V2V va V2G uchrashuvlari ham bo‘lib o‘tdi, “I-Cell” kompaniyasi va O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

G.Sattorova,
O‘zA