Vazirlikning ta’kidlashicha. London Kiyevni g‘alabagacha qo‘llab quvvatlash uchun strategik imkoniyatga ega.

Buyuk Britaniya hukumati Ukrainaga harbiy harakatlar paytida Kiyev o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarga erishmagunicha hamda urush tugab vayron bo‘lgan infratuzilmalarni qayta tiklashda ham iqtisodiy va harbiy yordam ko‘rsatishni davom ettiradi.

Biz urush Ukraina foydasiga hal bo‘lmagunicha yordam beraveramiz. Biz ularning suvereniteti tiklanmagunicha qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz. Biz hech qachon Lugansk, Donetsk, Xerson, Zaporojya yoki Krimning Rossiyaga qo‘shib olinganini tan olmaymiz. Ular Ukrainaning ajralmas qismi hisoblanadi. Ukraina ushbu urushda g‘alaba qilganidan keyin, biz ularga uylarini, iqtisodiyotini va jamiyatini tiklashda yordam beramiz”, – deyiladi qirollik tashqi ishlar vaziri Jeyms Kleverlining ma’ruzasida.

TASS agentligining yozishicha, U ushbu ma’ruzasi bilan seshanba kuni Konservatorlar partiyasi s’ezdida chiqish qilgan.

Uning ta’kidlashicha, London Ukraina hukumatini g‘alabaga erishgunicha qo‘llab-quvvatlash uchun “strategik chidamli”.

Kleverlining ma’ruzasida ta’kidlanishicha, Buyuk Britaniya o‘zining Ukraina bo‘yicha faol harakatlari bilan xalqaro siyosatda oddiy “sharhovchi” emas, balki “maydondagi o‘yinchi” ekanini namoyish qildi.