“Astana” xalqaro ilmiy majmuasi iqtisodiy tadqiqotlar instituti rahbari Meyram Kajiken nomzodi Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti lavozimiga ko‘rsatildi. Uning nomzodi Qozog‘iston Respublikasi “Amanat” Qozog‘iston kasaba uyushmalari hamdo‘stligi” tomonidan ilgari surilgani aytilmoqda.
«Kazinform» agentligining yozishicha, Meyram Kajikenning o‘zi ham ushbu xabarni tasdiqlagan. U shuningdek, endi Markaziy saylov komissiyasiga borib hujjatlarni rasmiylashtirish bilan shug‘ullanishini aytgan.
Avvalroq “Auil” xalq demokratik vatanparvar partiyasi ham o‘zining ilk nomzodini Qozog‘iston Respublikasining navbatdan tashqari prezident sayloviga ko‘rsatgani haqida ma’lum qilgan edi. Partiyaning navbatdan tashqari XX s’ezdida delegatlar Jiguli Dayrabayevning nomzodi uchun ovoz bergandi.
1 oktyabrda esa Umummilliy sotsial-demokratik partiyasidan Nurlan Auyesbayevning prezidentlikka nomzodi ilgari surildi.
Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining navbatdan tashqari saylovi 20 noyabrda bo‘lib o‘tadi.